10:54 / 04.12.2019
0
32153

Afrikalik talaba 100 yillik jumboqni yecha oldi

Foto: UPFL

Lozanna politexnika maktabining (Shveytsariya) tunislik talabasi Vasim Dovudiy 100 yil davomida tushuntirib berila olinmagan fizik hodisaning sababini aniqlay oldi. 

Dovudiy vertikal holatda turgan, ichida suyuqlik bo‘lgan quvurda havo pufagi gazli suv butilkasi qopqog‘i ochilgandagi kabi yuqoriga ko‘tarilmay, joyida turishining sababini aniqladi.

Aniqlanishicha, havo pufagi avval taxmin qilingandek quvurga yopishib turmay, balki juda sekin harakatlanadi. Bu harakatni oddiy ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, talaba pufak va suyuqlik orasida juda yupqa qatlam borligini aniqlagan. Aynan shu qatlamning ko‘rsatkichlari havoning yuqoriga ko‘tarilish-ko‘tarilmasligiga ta'sir qiladi.  

Ushbu yupqa qatlam o‘lchami millimetrning milliondan bir ulushini tashkil qiladi. Talaba buni aniqlash uchun quvurdagi pufakka nur yo‘naltirgan va quvurning ichki sirtidan qaytgan yorug‘lik bilan pufak sirtidan qaytgan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiyani tahlil qilib, pufak va quvur orasidagi suyuqlik qatlamini aniq o‘lchay olgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu ilmiy ish natijalari kelgusida suyuqliklarning nanodiapazonda harakatlanishida hosil bo‘luvchi hodisalarni o‘rganishda asqotishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top