19:02 / 04.12.2019
0
3284
Filippinga yopirilgan «Kammuri» to‘foni 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Filippinga yopirilgan «Kammuri» to‘foni 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarda ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, yuzlab daraxtlar qo‘porilgan, elektr ta'minoti va aloqa izdan chiqqan. 500 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.

To‘fon mamlakatning sharqidan g‘arbi tomon yo‘nalib, o‘z ortidan katta talofatlar qoldirgan. 

Shamol tezligi 165 km/soatga, kuchayganda esa 275 km/soatga yetgan. Kuchli yomg‘irlar toshqinlar, ko‘chkilar va sellarga olib kelgan. Qishloq xo‘jaligi maydonlari suv ostida qolgan.

Yuzlab dengiz reyslari va aviareyslar bekor qilingan. Poytaxt Manila aeroporti 12 soatga barcha terminallarini yopib qo‘ygan.

Ayni vaqtda to‘fon tropik dovulgacha kuchsizlanib, Janubiy Xitoy dengizi tomon harakatlanmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top