19:52 / 04.12.2019
7
39341
Samarqand viloyati bosh arxitektori 7 milliard so‘mni talon-toroj qilishda ayblanmoqda

Samarqand viloyat bosh arxitektori Bobir Elmuradov davlat mulkini talon-toroj qilishda gumonlanib qo‘lga olingan.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, u garov evaziga ozod qilingan va hozirda 7 milliard so‘mlik budjet mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanib sud qilinmoqda. 

Bobir Elmuradov 2019 yilning martida Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyatning bosh arxitektori etib tayinlangandi.

U bu lavozimga tayinlanishidan avval Samarqand shahri hokimi o‘rinbosari vazifasida ishlagan vaqtida shaharning «Said» mahallasidagi 26 nafar fuqaroga uylari «snos»ga tushgan deb davlat budjetidan 7 milliard so‘m miqdoridagi pulni asossiz ravishda berishda ayblangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) va 228-moddasi  (hujjat va muhrlarni qalbakilashtirish) bilan viloyat prokuraturasi ayblov xulosasi e'lon qilingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top