14:25 / 04.12.2019
0
3043
Toshkentda chiqindilarni saralash bo‘yicha ilk sinov loyihasiga start berildi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida chiqindilarni saralash bo‘yicha ilk loyiha ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda loyiha tumanning Sirojiddinov ko‘chasi bo‘ylab amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish jarayonida har biri 120 litrdan iborat 630 ta plastik idishlar mahalla aholisiga tarqatiladi. Ushbu hududni loyihalash jarayonida maishiy chiqindilar uyda tartibga solinadi.

Plastik idishlarning ranglari svetofordagi kabi tanlandi: oshxona va maishiy organik chiqindilar uchun yashil, plastik, qog‘oz, metall va boshqa quruq chiqindilar uchun sariq rang va yuqoridagi idishlar uchun yaroqsiz qolgan chiqindilar uchun qizil rang.

BMT ko‘ngillilari va «Maxsustrans» DUKning Yakkasaroy filiali xodimlari yordamida barcha konteynerlar foydalanishga topshirildi.

Chiqindilarni har bir chiqindi turi uchun alohida maxsus mashina olib chiqadi, ya'ni har bir idish uchun alohida mashina keladi. Masalan, dushanba kuni sariq konteyner tarkibi, chorshanba yashil va juma kuni qizil rangdagi konteyner chiqindisi olib chiqiladi.

Loyihani «Maxsustrans» DUK, BMTTD loyihasi va Toshkent shahar hokimiyati hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top