13:18 / 05.12.2019
0
12373

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi mashina olib qochdi

Foto: DPA/TASS

Namangan shahrida yashovchi R.H. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomobil «Barkamol avlod» sport majmuasi binosi oldida qarovsiz qoldirilgan va ko‘p o‘tmay noma'lum shaxs tomonidan olib qochilgan.

Postda.uz’ning xabar berishicha, olib borilgan qidiruv ishlari so‘ngida avtomashina shahardagi Uychi ko‘chasidan texnik soz holda topildi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzarni topish choralari ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Namangan shahridagi 14-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi Ya.A. sodir etgani aniqlandi.

Hozir tergov ishlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top