11:41 / 05.12.2019
0
12519

O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Peterburgda qo‘lga olindi

Foto: RIA Novosti

Joriy yilning 3 dekabr kuni kechqurun Sankt-Peterburgdagi uylardan birining yaqinida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlari chog‘ida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U o‘z vatanida firibgarlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi «Nevskiye novosti» nashri.

Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida ro‘yxatdan o‘tmagan O‘zbekiston fuqarosi qidiruvda bo‘lgan, u firibgarlikda ayblangan (O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi). Qidiruv tashabbuskori - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, ehtiyot chorasi - qamoqqa olish.

Qo‘lga olingan shaxs Primorskiy tumani politsiyasi navbatchi bo‘limiga olib borilgan. Qidiruv tashabbuskori fuqaro ushlangani to‘g‘risida xabardor qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top