15:10 / 06.12.2019
0
15132

Bir guruh eronlik fuqarolar qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urindi

Bir guruh eronlik fuqarolar qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urindi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu yilning 4 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida 5 nafar shaxs qo‘lga olindi. 

Asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari bo‘lgan bu shaxslar taqdim etgan Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda, ularning qalbaki ekanligi ma'lum bo‘ldi. 

Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi, deyiladi DXX Chegara qo‘shinlari ma'lumotida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top