08:17 / 06.12.2019
0
13645

Buxoro viloyatida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni poyezd urib ketdi

Foto: Tergov departamenti

2019 yil 5 dekabr kuni soat 04:55larda elektrovoz mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdini Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Yakkatut-Murg‘ak bekatlari oralig‘idagi 4012-km. 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 58 yoshli G.X.ni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotigak o‘ra, hodisa natijasida G.X. hodisa joyida vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top