13:20 / 06.12.2019
0
5999

DXA murojaatchilarga yana bir qulaylik yaratilgani to‘g‘risida xabar qildi

Jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma'lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) ma'lumotnomalarni berish davlat xizmati istalgan davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
 
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabridan boshlab murojaatchilar mazkur davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki eksterritorial tamoyil asosida o‘zlariga qulay bo‘lgan istalgan Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda foydalanishlari mumkin.
 
Murojaatchilar mustaqil ravishda My.gov.uz sayti orqali elektron tarzda ariza berishlari mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrida boshqa hududlardan kelib yashayotgan fuqarolar yuqoridagi ma'lumotlarni olish uchun doimiy ro‘yxatda turgan viloyatiga bormasdan Toshkent shahridagi istalgan Davlat xizmatlari markazlari orqali olishi mumkin. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top