07:42 / 06.12.2019
0
5483

Hujjatlardan «tushib qolgan» 3600 kilogramm mandarinlar aniqlandi

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqarolar Ya.J, M.A boshqaruvidagi “Volvo” rusumli hamda fuqaro Sh.J. boshqaruvidagi “Man” yuk avtomashinalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Natijada, ushbu avtoulovlar yukxonasida deklaratsiyada ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 36 million so‘mlik 3600 kg ortiqcha mandarin mevalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top