14:31 / 06.12.2019
0
10518

O‘zbekiston 2022 yilda ShHTga raislik qilishni rejalashtirmoqda

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishni rejalashtirmoqda.

“Biz 2022 yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

Uning aytishicha, ilgari O‘zbekistonning MDH doirasidagi hamkorligi cheklangan edi. 

“Bugungi kunda O‘zbekiston ushbu tuzilma ishida faol ishtirok etmoqda. 2020 yilda mamlakatimiz MDHga raislik qiladi, Toshkentda ushbu tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi”, - deydi Ilhom Ne'matov.

Bundan oldin, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari YeOII masalasida O‘zbekiston birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanishi, tashqi bosim yo‘q ekanini aytgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top