13:28 / 06.12.2019
0
7090

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari: «Markaziy Osiyoda juda ko‘p muammolar bor»

Foto: Xalqaro press-klub

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda juda ko‘p muammolar bor.

“Uch yil oldin xorijlik siyosatshunoslar, ekspertlar "Markaziy Osiyo muammolar, misli ko‘rinmagan yechimsiz masalalar markazidir. Bir kun kelib bu muammolar o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi",  deb bashorat qilishar edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu lavozimga kelishi bilan bu bashoratlar yo‘qqa chiqdi. Chunki prezidentimizning qo‘shni mamlakatlar bilan olib borgan siyosatlari natijasida Markaziy Osiyo Mamlakatlari o‘rtasidagi muammolar o‘z yechimini topishni boshladi.

Markaziy Osiyoda juda ko‘p muammolar bor: siyosiy muammolar, iqtisodiy muammolar, gumanitar muammolar, ekologik muammolar... Markaziy Osiyo mamlakatlarining Maslahat kengashi shu muammolarga birgalikda yechim izlashga imkoniyat yaratadi”, - deydi Ilhom Ne'matov.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top