23:59 / 06.12.2019
0
15770
To‘ra Bobolov Surxondaryoni poyezdda kezdi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termizdan «Sariosiyo» stansiyasigacha bo‘lgan 180 kilometrlik temir yo‘lni poyezdda bosib o‘tib, yo‘ldagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Bobolovga bu ishchi sayohatida tegishli tuman hokimlari, mutasaddi idoralar rahbarlari hamrohlik qilishgan.

Viloyat hokimi temir yo‘l atrofidagi yerlarni tozalab, saranjom-sarishta qilish haqida mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar bergan. Shuningdek, temir yo‘l atrofida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va aholi turar joylari holatiga ham baho berilib, ularni ham tartibga keltirish, binolarning tashqi ko‘rinishini zamonaviy ko‘rinishda ta'mirlash kerakligini ta'kidladi va bu borada vazifalar belgilagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top