18:20 / 07.12.2019
0
5267

Lukashenko Belarus teng sharoitlardagi integratsiyani xohlayotganini aytdi

Foto: Zuma/TASS

Belarus Rossiyadan integratsiya doirasida imtiyoz emas, teng sharoitlarni so‘ramoqda, dedi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda.

"Biz shartnomamiz borishini tahlil qilish uchungina keldik va hech narsa so‘ramaymiz, hech narsani talab qilmaymiz, biz allaqachon kelishib bo‘lganmiz. Odamlar va xo‘jalik sub'yektlari yashash va ishlash uchun teng sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Teng sharoitlar – boshqa hech narsani keragi yo‘q", - dedi Belarus prezidenti.

"Biz ayrimlar gapirayotganidek, arzon gaz, arzon neft so‘ramaymiz. Gazni 200 dollardan sotib olishga ham, bir barrel neftni 63 dollardan sotib olmaslikka ham tayyormiz, asosiysi, sharoitlar bo‘lsin", - dedi u.

Belarus va Rossiya 8 dekabr kuni ittifoq davlati tuzilganligining 20 yilligini nishonlaydi. Ayni paytda ikki davlat prezidentlari Sochida ittifoqchilik munosabatlariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top