08:03 / 07.12.2019
2
76892

O‘zbekistonda barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘lgan yangi talab paydo bo‘ldi

Foto: Depositphotos

Hukumat qarori bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat'i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

“YaMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.

Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish “YaMMT” IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma'lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, “YaMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:

mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib – xodim tomonidan;

xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng – ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

“YaMMT” IDAK prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top