23:43 / 08.12.2019
0
31733
Poroshenkoga maydanda tuxumlar uloqtirildi
Foto: 5.ua

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga «normand to‘rtligi» sammiti arafasida o‘tgan muxolifat aksiyasi vaqtida tuxumlar uloqtirildi. Ushbu hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Poroshenko yig‘ilganlar oldida nutq so‘zlagach, sahnaga xor chiqib, bir nechta kompozitsiya ijro etgan.

Mamlakat madhiyasi yangrayotganda Poroshenko mikrofon oldiga borib, «Ukrainaga shon-sharaf bo‘lsin!» deb hayqirgan. Shundan keyin odamlar orasidan u tomon tuxumlar otila boshlangan. Tuxumlardan biri Poroshenkoning rafiqasiga tekkan. Shundan keyin sobiq prezident tuxum otgan odamni tutishni talab qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top