16:30 / 08.12.2019
1
7992
Toshkentda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodalarga nisbatan bayonnoma tuzilmoqda

5 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari 2615 ta YHQ qoidabuzarliklarini qayd etdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, 10 nafar haydovchiga nisbatan avtomobilni spirtli ichimlik ta'siri ostida boshqargani uchun ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimagan haydovchilar soni 124 nafarni tashkil etgan, 114ta holatlarda haydovchilar piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yubormagan.

Shu bilan birga, YPX inspektorlari tomonidan yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodalarga nisbatan 44ta bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Belgilangan harakat tezligi oshirish bilan bog‘liq 528ta fakt statsionar va ko‘chma avtomatlashtirilgan radarlar tomonidan qayd etilgan.

«Hurmatli haydovchi va piyodalar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va bir-birlaringizni hurmat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top