01:07 / 09.12.2019
0
22330

2019 yilning eng kassabop filmlari ma'lum qilindi 

Foto: Marvel

Jahon kinosi vakillari 2019 yilning eng kassabop filmlarini ma'lum qilishdi.  

“Qasoskorlar: Intiho” filmi prokatda deyarli 3 mlrd dollar yig‘ib, o‘ziga barcha zamonlarning eng kassabop filmi nomini ta'minlagan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, film o‘z yaratuvchilariga 2 mlrd 797 mln 800 ming 564 dollar keltirgan.

2-o‘rinni “Qirol sher” filmi egallagan. Film prokatda 1 mlrd 656 mln 309 ming 419 dollar yig‘gan.

3- va 4-o‘rinlarni Marvel studiyasining “O‘rgimchak odam: Uydan olisda” filmi 1 mlrd 131 mln 927 ming 996 dollar va “Kapitan Marvel” filmi 1 mlrd 128 mln 274 ming 794 dollar kassa bilan egallagan.

5-o‘rinni “O‘yinchoqlar tarixi 4” (1 mlrd 73 mln 392 ming 125 dollar) va 6-o‘rinni «Oloviddin» (1 mlrd 50 mln 693 ming 953 dollar) filmlari egallagan.

Ro‘yxatning 7-o‘rnini “Joker” filmi egallab, 2 oy ichida 1 mlrd 48 mln 923 ming 625 dollar egallashga muvaffaq bo‘lgan. 

Yetakchi o‘ntalikka shuningdek “Forsaj: Xobbs va Shou”, “Muzyurak 2” va “Nechja” filmlari kiritilgan.

2019 yilning eng kassabop filmlari reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. “Qasoskorlar: Intiho” - 2 797 800 564 dollar

2. “Qirol sher” - 1 656 309 419 dollar

3. O‘rgimchak odam: Uydan olisda - 1 131 927 996 dollar

4. “Kapitan Marvel” - 1 128 274 794 dollar

5. “O‘yinchoqlar tarixi 4” - 1 073 392 125 dollar

6. “Oloviddin” - 1 050 693 953 dollar

7. “Joker” - 1 048 923 625 dollar

8. “Forsaj: Xobbs va Shou” - 758 910 100 dollar

9. “Muzyurak 2” - 742 060 467 dollar

10. “Ne Zha” - 700 547 754 dollar

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top