19:50 / 09.12.2019
0
120524
Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta'til qachon boshlanishi ma'lum qilindi

Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida qishki ta'til 2019 yilning 28 dekabridan boshlanib, 2020 yilning 10 yanvar kuni yakunlanadi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«Mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yilining ikkinchi choragi o‘z yakuniga yetmoqda.

Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida qishki ta'til 2019 yilning 28 dekabridan boshlanib, 2020 yilning 10 yanvar kuni yakunlanadi.

2020 yilning 11 yanvaridan uchinchi chorakning birinchi kuni boshlanadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan avvalroq, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi oliy ta'lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta'lim muassasalari o‘quvchilariga 2019-2020 o‘quv yili qishki ta'til davri 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha etib belgilangani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top