15:52 / 09.12.2019
0
5011

Zagros Airlines «Tehron-Toshkent» yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi

Bugun, 9 dekabr kuni, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirgan Zagros Airlines aviakompaniyasi reysini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Eron aviakompaniyasi Airbus A320-214 EP-ZAT havo kemasida “Tehron-Toshkent” yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi. Shu tariqa, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi muntazam parvozlar rasman tiklandi.


 
Dastlabki bosqichda Zagros Airlines aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik parvozlar muntazamligi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlar rasman tiklanishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top