16:55 / 10.12.2019
1
12374

2020 yildan boshlab WhatsApp millionlab smartfonlarda ishlamaydi

Foto: TASS/Zuma/Jaap Arriens

WhatsApp messenjeri 2020 yildan millionlab smartfonlarda ishlamaydi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

1 fevraldan boshlab iOS 8 va undan avvalgi operatsion tizimda ishlaydigan iPhone hamda Android 2.3.7 va undan avvalgi operatsion tizimdagi smartfonlar egalari ushbu qurilmalarda WhatsApp ilovasidan foydalana olmaydi.

Bundan tashqari, 2019 yil 31 dekabrdan WhatsApp Windows Mobile operatsion tizimida ham ishlamaydi.  

WhatsApp vakillari yuqoridagi operatsion tizimlardagi qurilmalar uchun messenjerni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top