13:31 / 10.12.2019
0
8605

Onlayn auksion: 3 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 2-8 dekabr kunlari “O‘zRTXB” barcha savdo platformalarida 859,2 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 413,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 721,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 1,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilenning ulushi – 70 foiz, pirolizli gazolin – 16 foiz, sanoat moylari – 12 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 2 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 12,9 foizga oshgan bo‘lib 29,7 mlrd so‘mni tashkil qildi, kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 6,9 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 23,2 foizni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 681 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi o‘tgan haftaga nisbatan 6,2 foizga o‘sib, 3,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,7 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,4 foizi ikkinchi va 32,9 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli bo‘ldi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top