15:36 / 10.12.2019
3
12292
To‘qayev talabalarning stipendiyasini 25 foizga oshirish haqida topshiriq berdi
Foto: informburo.kz

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev yoshlar forumida 2020 yil yanvar oyidan boshlab mamlakatdagi universitet hamda kollejlar talabalariga beriladigan stipendiya miqdori 25 foizga oshirilishini ma'lum qildi. Bu haqda Zakon.kz xabar tarqatdi.

- 2020 yil 1 yanvardan boshlab bakalavriat, magistratura talabalari va doktoranturada izlanish olib boruvchi yosh olimlarga stipendiyalar miqdori 25 foizga oshirilsin. Umuman olganda, bu 130 ming kishini qamrab olishi kerak, - dedi u.

Shuningdek, davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kollej o‘quvchilariga ham shunday yordam ko‘rsatiladi.

- Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning sentabr oyidan boshlab ishchi mutaxassisliklarni egallash niyatida bo‘lgan 122 ming o‘quvchiga beriladigan stipendiyalar miqdori 30 foizga oshirildi. Mening topshirig‘imga binoan, hukumat 2020 yil yanvar oyidan boshlab o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘ladigan kollej o‘quvchilariga ham beriladigan stipendiyalarni 25 foizga oshiradi, - deya ta'kidlab o‘tdi To‘qayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu yana 100 ming kishi degani.

- Ishonchim komilki, bu chora-tadbirlar talabalarimizga o‘ziga xos yordam bo‘lib tegadi, - deya xulosa qilgan Qozog‘iston prezidenti. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top