15:50 / 10.12.2019
0
14445

Ukraina bosh vaziri Rossiya bilan "gaz urushi" bo‘lishi ehtimolini bildirdi

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharuk "normandcha shakl"dagi uchrashuv natijalariga izoh berarkan, Kiyev bundan buyon ham Moskva bilan gaz bo‘yicha kelishishini, ammo bu "gaz urushi" fonida bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Seshanba kuni Parijda "normand to‘rtligi" (Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ukraina) rahbarlarining sammiti yakunlandi. Sammit doirasida Rossiya va Ukraina o‘rtasida gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng "Naftogaz Ukraini" kompaniyasi rahbari Andrey Kobolev Moskva va Kiyev hech qanday kelishuvga erishmaganini, kompaniya ijrochi direktori Yuriy Vitrenko esa "tomonlar kelishishga kelishib olishganini" ma'lum qildi.

"Ukraina bundan buyon ham gaz bo‘yicha kelishishda davom etadi, faqat "gaz urushi" ehtimoli bilan. Ammo biz bunga butkul tayyormiz: omborlarimiz to‘la, bizning mantig‘imizni YeI va Stokgolm arbitraji qarori qo‘llab-quvvatlaydi, "Shimoliy oqim- 2" esa qurib bitkazilmagan", - deb yozdi Goncharuk Facebook sahifasida.

U shuningdek, Ukrainaga uzoq muddatli gaz shartnomasi kerak emasligini qayd etdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top