08:01 / 11.12.2019
1
11661

Sud rahbarlariga ishlarni sudyalar o‘rtasida taqsimlash taqiqlab qo‘yilishi mumkin

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924–XII-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi mo‘ljallanmoqda:

38-modda (Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma'muriy sudining raisi) birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “, sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlaydi, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

quyidagi mazmundagi 69-1-modda bilan to‘ldiriladi:

 “69-1-modda. Sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlash

 Sudlarda ishlar avtomatik ravishda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, tasodifiy taqsimlash prinsipi bo‘yicha taqsimlanadi.

Sudlarda ishlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatik taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlanadi.

Ishlarni avtomatik taqsimlash axborot tizimining ishida vaqtinchalik uzilish sodir bo‘lgan taqdirda ishlarning sudyalar o‘rtasida axborot tizimidan foydalanmasdan, ishlarni sudyalar o‘rtasida ularning kelib tushish navbatiga rioya qilgan holda va sudyalar familiyalarining alifbo ketma-ketligida taqsimlashni nazarda tutuvchi navbat tartibida taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi”.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top