03:08 / 11.12.2019
0
18341
YeChL. 1/8 finalga chiqqan yana 4 jamoa nomi ma'lum, «Inter» va «Ayaks» Yevropa Ligasida o‘ynaydi
Foto: AP

Chempionlar Ligasida yana 3ta guruhda so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi. 

F guruhida «Barselona» o‘ziga keraksizdek o‘yinda «Inter»ni mag‘lub etdi, bu esa «Borussiya» Dortmundning pley-offga chiqishiga sabab bo‘ldi. «Inter» o‘z yurishini  Yevropa Ligasida davom ettiradi. 

G guruhida «Lion» o‘z uyida «Leypsig» bilan bahsda kambek qildi va nemis klubi ortidan ikkinchi o‘rinni olib, keyingi bosqichga chiqdi. «Zenit» esa «Benfika»ga yirik hisobda yutqazib, portugal klubini Yevropa Ligasiga o‘tkazib yubordi.

N guruhida «Valensiya» kutilmaganda «Ayaks» maydonida g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni oldi. Ikkinchi o‘rin «Chelsi»ga nasib etdi. «Ayaks» esa Yevropa Ligasiga yo‘l oldi.

YeChL, 6-tur, 10 dekabr

F guruhi

Inter – Barselona 1:2
«Juzeppe Meatssa»
Gollar: Lukaku (44) – Peres (23), Fati (86).
Inter: Handanovich, Biragi (Latsaro, 69), Godin, de Vrey, D`Ambrozio (Politano, 75), Vesino, Brozovich, Valero (Espozito, 77), Shkrinyar, Martines, Lukaku.
Barselona: Neto, Vage, Todibo, Langle, Firpo, Alenya, Rakitich (de Yong, 62), Karles Peres (Fati, 85), Vidal, Umtiti, Grizmann (Suares, 63).
Ogohlantirishlar: Langle (35), Valero (45+1), Firpo (49).

Borussiya D – Slaviya 2:1
Gollar: Sancho (10), Brandt (61) – Souchek (43).

G guruhi

Lion – Leypsig 2:2
Gollar: Auar (61), Depay (84) – Forsberg (9 penalti), Verner (33, penalti).

Benfika – Zenit 3:0
Gollar: Servi (48), Pitssi (58, penalti), Ozmun (79, avtogol).

N guruhi

Chelsi – Lill 2:1
Gollar: Abraham (19), Aspilikueta (35) – Remi (78). 

Ayaks – Valensiya 0:1
Gol: Rodrigo (24).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top