10:42 / 12.12.2019
4
5821

1 dekabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni ochiqlandi

Foto: Pixabay

2019 yilning 1 dekabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 415,1 mingtaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,0 foizga o‘sdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2019 yil 1 dekabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 395,9 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 74,3 mingtaga (23,1 foiz) o‘sgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, asosan sanoat (70 420 ta yoki 17,8 foiz), savdo (99 673 ta yoki 25,2 foiz), qurilish (36 227 ta yoki 9,1 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (29 061 ta yoki 7,3 foiz), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (25 488 ta yoki 6,4 foiz) faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda (7 829 ta yoki 2,0 foiz), axborot va aloqa (7 915 ta yoki 2,0 foiz) hamda tashish va saqlashda (15 366 ta yoki 3,9 foiz) tashkil etgan.

2019 yil 1 dekabr holatiga 335,0 mingta tijorat shaklidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar - 84,2 mingta, oilaviy korxonalar - 26,5 mingta, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 217,6 mingta va boshqalar 6,7 mingtani tashkil etgan.

2019 yil yanvar-noyabr oylarida 89 923 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga ko‘pdir.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘pi sanoat hamda savdo va yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasiga hamda eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, axborot va aloqa kabi faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2019 yilning 1 dekabr holatiga 227 207 tani tashkil etib, ulardan 217 594 tasi yoki 95,8 foiz faoliyat ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 51 590 taga yoki 29,4 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

2019 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada 56,6 mingtaga yaqin mas'uliyati cheklangan jamiyatlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,5 mingtaga ko‘p.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top