19:34 / 12.12.2019
0
15419

2019 yilning eng katta ta'sirga ega ayoli ma'lum qilindi 

Germaniya kansleri Angela Merkel Forbes nashri tomonidan tuziluvchi yilning eng katta ta'sirga ega ayollari yuztaligining eng yuqori pog‘onasini egalladi.  

Merkel «Yil ayoli» nomiga qatorasiga 9 yil muvaffaq bo‘lmoqda. 

2-o‘ringa Yevropa markaziy banki raisi Kristin Lagard, 3-o‘ringa AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi qo‘yilgan.

Reytingning yetakchi o‘ntaligiga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen (4-o‘rin), General Motors kompaniyasi prezidenti Meri Barra (5-o‘rin), Microsoft asoschisi Bill Geytsning rafiqasi, saxovatpesha Melinda Geyts (6-o‘rin), AQShning Fidelity Investmens moliyaviy korporatsiyasi rahbari Abigeyl Jonson (7-o‘rin), Ispaniyaning Santander banki direktorlar kengashi raisi Ana Botin (8-o‘rin), IBM prezidenti Jinni Rometti (9-o‘rin) va Lockheed Martin prezidenti Merilin Xyuson (10-o‘rin) kiritilgan.

Yuztalikka taniqli ayollardan, shuningdek, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri (20-o‘rin), Britaniya qirolichasi Yelizaveta II (40), AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp (42), Rossiya banki raisi Elvira Nabiullina (53), qo‘shiqchilar Rianna (61), Beyonse (66) va Teylor Svift (71) kiritilgan.

Avvalroq Time nashri talqiniga ko‘ra «Yil odami» deb topilgan 16 yoshli ekofaol Greta Tunberg yuztalikning so‘nggi o‘rnini egallagan.   

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top