21:41 / 12.12.2019
0
5752

Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti AQSh va Isroil fuqarolari uchun vizani bekor qildi

Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti Janin Anes

Boliviya hukumati AQSh va Isroil fuqarolari uchun viza talablarini bir tomonlama tartibda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Janin Anes ma'lum qildi.

Amerikaliklar uchun viza Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales hukumati tomonidan 2007 yilda, isroilliklar uchun esa 2014 yilda joriy etilgandi.

Noyabr oxirlarida Boliviya 2008 yildan buyon ilk bor Vashingtondagi elchisini tayinladi hamda Isroil bilan diplomatik aloqalar tiklanishini e'lon qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top