18:55 / 12.12.2019
6295

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida gaz qazib olish hajmi oshirilib, gaz uzatish tizimi kengaytirilmoqda

Foto: Epsilon

12 dekabr kuni qo‘llanilgan GRP usuli ortidan G‘arbiy Toyloq-25 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 50 ming kub. m gacha ortdi.

Qazib olinayotgan gaz to‘liq hajmda hukumat qaroriga asosan aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilmoqda. 

«Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km) yo‘nalishidagi uzatish quvurida pnevmatik sinovlar o‘tkazilmoqda. «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km) hamda «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km) yo‘nalishlari bo‘ylab gaz uzatish quvurlari qurilishi esa davom etmoqda. Ishlar kechayu-kunduz mezonida olib borilmoqda.

12 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 36 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 23,6 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 64,6 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 96,2 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 58,4 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top