17:00 / 12.12.2019
4753
Reklama

«Oriyent Finans» Bank tajribali xorijlik konsultant bilan uchrashuv o‘tkazdi

2019 yilning 6-7 dekabr kunlari «Oriyent Finans» Bank rahbariyati xorijlik konsultant Maykl Selser moderatorligi ostida strategik rivojlanish masalasida uchrashuv o‘tkazdi.

Maykl Selser – to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, kapital bozorlari va moliyaviy tranzaksiyalar yo‘nalishlarida 25 yildan ortiq tajribaga ega bankir hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa, Singapur, Xitoy va Yaponiyaning nufuzli moliyaviy institutlarida tajriba orttirgan. Shu bilan bir qatorda, davlat, xususiy kompaniyalar va banklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kapitallarni jalb qilish hamda moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq loyihalar bo‘yicha maslahatlar berib kelgan.

Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassisning tajribasiga asoslanib, ishlab chiqilgan biznes-loyihalarning namunalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, chakana va korporativ xizmat ko‘rsatishni jadal rivojlantirish, Bankning moliyaviy xizmatlar bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlash, ilg‘or texnologik yechimlar va yangi bank mahsulotlarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta'sirchan choralarni ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Reklama huquqi asosida

Top