08:55 / 12.12.2019
0
4588

«Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni» forumiga navbatdagi raislik Tojikistonga o‘tkazildi

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 8-9 dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumining sakkizinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, konferensiyada 35 ta davlat (ishtirokchilar, sheriklar) va 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilishida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani nutq so‘zladi.

Muhokamalar natijasi ko‘ra «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» sakkizinchi vazirlar konferensiyasining Deklaratsiyasi qabul qilindi, shuningdek, «Ishonchni mustahkamlash choralari»ning 6 yo‘nalishini tatbiq etish, shuningdek «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumini isloh qilish bo‘yicha yangilangan rejalar ma'qullandi.

Yakuniy hujjatda afg‘onlararo tinchlik jarayonini ilgari surish orqali uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish va mintaqaviy iqtisodiy aloqalarga integratsiyalashish borasidagi Afg‘oniston hukumatining sa'y-harakatlarini davom ettirishga «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni»ning a'zo davlatlari va hamkorlari tayyorligi aks ettirilgan.

Tadbir yakunida «Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni» forumiga navbatdagi raislik Tojikistonga o‘tkazildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top