22:16 / 12.12.2019
0
7243

Ukraina kiberpolitsiyasi Rossiyaga harbiy ma'lumotlar sotgan xakerlarni qo‘lga oldi

Ivano-Frankovsk oblasti kiberpolitsiyasi Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda maxfiy harbiy ma'lumotlarni mijozlarga sotgan jinoiy guruhni fosh etdi.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ular DarkNet (internetdagi yashirin tarmoq) tarmog‘idagi ma'lumotlarni sotib olishgan va manfaatdor shaxslarga sotishgan. Buning uchun ular xorijda ro‘yxatga olingan maxsus sayt yaratishgan", - deyiladi politsiya xabarida. 

Saytda sotilgan ma'lumotlar Ukraina hududidagi mahsulotlar eksporti va importi, jumladan, harbiy texnikalar xaridi va joylashtirilishiga oid bo‘lgan. 

Xakerlarning ellikka yaqin mijozlari bo‘lib, ular orasida Rossiya fuqarolari ham bo‘lgan.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top