20:03 / 13.12.2019
0
3732
Jazoirning sobiq bosh vaziri prezident saylovlarida g‘alaba qozondi 
Abdulmajid Tobun

Jazoirning sobiq bosh vaziri Abdulmajid Tobun 12 dekabrda Jazoirda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida mutlaq ko‘pchilik ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozondi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi ma'lum qildi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Tobun saylovchilarning 58 foizdan ko‘proq ovozini olgan. Shu tariqa endilikda saylovlarning 2-bosqichini o‘tkazishga hojat bo‘lmaydi. 

Avvalroq Jazoirda 20 yil ichida ilk bor o‘tkazilgan prezident saylovlarida 5 nomzod ishtirok etayotgani ma'lum qilingandi.

Saylov komissiyasining ma'lum qilishicha, saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 24 mln fuqarodan 39 foizidan ko‘prog‘i ishtirok etgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top