22:09 / 13.12.2019
1
5091

Jurnalist va blogerlar AOKA faoliyatiga baho berishdi

Foto: AOKA

O‘zbekistondagi elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar vakillari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining o‘tgan bir yil davomidagi faoliyati borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Ular mini-intervyularda ommaviy axborot vositalari sohasida amalga oshirilgan o‘zgarishlarni qayd etishdi.

Avvalgi Matbuot va axborot agentligi bilan hozirgi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘rtasidagi farq xususida fikr bildirar ekan, Anhor.uz sayti muharriri Lobar Islomova, Gazeta.uz sayti muharriri Azamat Otajonov, Podrobno.uz sayti muharriri Andrey Teshayev, Daryo.uz sayti rahbari Umid Allayev, blogerlar Qobil Xidirov va Nikita Makarenkolar bir ovozdan Matbuot va axborot agentligi jurnalistlarni himoya qiladigan emas, ularni jazolaydigan organ bo‘lganini qayd etishdi. 

Ularning fikricha, yangi Agentlik tashkil etilganidan so‘ng axborot olish erkinlashdi, jurnalistlar va davlat organlari o‘rtasida muloqot maydoni paydo bo‘ldi.

Jurnalist va blogerlar Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanlari va brifinglarni ijobiy baholashdi. 

Ular shuningdek, qator xorijiy saytlarning blokdan chiqarilishi, Feysbuk va Yutubga kirish bilan bog‘liq qiyinchiliklarning bartaraf etilishi o‘tgan bir yil davomida Agentlik erishgan eng katta yutuqlardan biri sifatida e'tirof etishdi.

Jurnalist va blogerlarning fikrlari bilan batafsil AOKAning Telegram kanalida tanishish mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top