13:29 / 13.12.2019
0
6983

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari so‘nggi ikki oy ichida ikkinchi marta o‘zgardi 

Dilshodbek Nazirov/Foto: MSK

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga Dilshodbek Bahodirovich Nazirov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda MSK saytida xabar berilgan.

Dilshodbek Nazirov 1975 yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 

2018 yil 6 yanvardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi «O‘zbekiston 24» telekanali Xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasining bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktabr oyi oxirlarida Navro‘z Rizayev Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar etib tayinlangandi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top