11:58 / 13.12.2019
1
3628

Murojaatdan so‘ng: Bayotliklar muammosi yechim topdi

Yaqinda tahririyatga Mirobod tumani Bayot mahalllasi fuqarolari tomonidan yuborilgan murojaat o‘rganilib, saytda «Imkon bo‘la turib, imkonsiz qoldik» - «Bayot» mahallasi nimadan norozi?» sarlavhali material e'lon qilingan edi.

Murojaatda ko‘tarilgan svetofor bilan bog‘liq muammolar, mahallaning buzilgan omborxonasi, isitish bilan bog‘liq kamchiliklar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan bog‘lanilgan va ular bu muammolarni o‘rganib hal qilishga va'da berishgan edi.

Tez orada «Bayot» mahallasidagi muammolar Mirobod tumani hokimligi tomonidan hal qilinib, buzilgan omborxona o‘rniga 2ta temir konteyner, idora binosiga esa elektr hisoblagich o‘rnatildi.

Bundan tashqari, murojaatda ko‘tarilgan Farg‘ona yo‘li, «Tabassum» bekati yoniga svetofor ham o‘rnatildi.

Ayni paytda mahalla ahli muammolari hal bo‘lganidan va svetofor bilan ko‘pchilikka qulaylik yaratilganidan mamnun.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top