08:53 / 13.12.2019
0
3774

Navoiyda fuqaroni 10 000 dollarga aldab ketgan shaxs ushlandi

Foto: AFP

Joriy yilning 24 noyabr kuni Navoiy shahri Me'morlar ko‘chasida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.O‘. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

U 2018 yil dekabr oyida Karmana tumani Navro‘z mahallasida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro I.M. mahalladoshi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Yu. ismli ayolga tegishli Navoiy shahri Agronomlar ko‘chasida joylashgan dala hovlisini Z.O‘.ning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan undan 10 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida I.M. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top