12:29 / 13.12.2019
0
19671

Oqqo‘rg‘on tumanida qotillik sodir etildi

Spirtli ichimlik iste'mol qilish, mastlik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan quyidagi voqea ham buning yaqqol tasdig‘idir.

Postda.uz’ning yozishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o‘z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda mast holdagi D.X. hamda M.R.ning birga yashagan otasi, 1955 yilda tug‘ilgan M.R. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. O‘zaro janjal paytida esa ayol M.R.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib, voqea joyida qochib ketadi.

M.R. voqea joyida dunyodan ko‘z yumgan, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top