Uzbekistan Airways’ning to‘rtta yo‘nalishdagi samolyoti parvozi kechiktirildi. Bu haqda kompaniya xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Uzbekistan Airways’ning quyidagi qatnovlari yomon ob-havo sharoitlari sababli kechiktirildi:
HY-097 Toshkent – Namangan
HY-643 Namangan – Sankt-Peterburg
HY-644 Sankt-Peterburg – Namangan
HY-098 Namangan – Toshkent.
Ushbu qatnovlarning uchish vaqti haqida kechroq e'lon qilinishi aytilgan.
«Ob-havo sharoitlari sababli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun Uzbekistan Airways AJ nomidan uzr so‘raymiz va tushunishingizdan umidvormiz!» - deyiladi xabarda.