18:09 / 14.12.2019
0
8730
Barcha sudlarni bitta sudga birlashtirmoqchimiz - Farhod Eshonqulov 
Farhod Eshonqulov

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi rahbari o‘rinbosari Farhod Eshonqulov Uzreport telekanalidagi dasturda ishtirok etdi.

Farhod Eshonqulov saylovoldi dasturi to‘g‘risida gapirib, partiyaning asosiy maqsadlaridan biri bu sud tizimini isloh qilish ekanini bildirdi:

«Bugun sud-huquq tizimini isloh qilish zarur. O‘zbekistonda to‘rtta sud mavjud: jinoiy, ma'muriy, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha. Ular to‘rt xil yo‘nalish va turli binolarda ishlaydi. Fuqarolardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi. Masalan, ulardan biri qaysidir ish bo‘yicha fuqarolik sudiga murojaat qilganida, uni ma'muriy sudga, u yerdan esa iqtisodiy sudga yuborishganidan shikoyat qildi. Oxir-oqibat, kishi tanish izlay boshlaydi va u orqali hamma narsani hal qilishga intiladi, bu esa korrupsiyaga olib keladi.

Shuning uchun biz barcha sudlarni bitta sudga birlashtirmoqchimiz. Shunda fuqarolar bitta binoga kelib, u yerda o‘zlarining barcha masalalarini hal qilishadi».

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top