09:47 / 14.12.2019
0
19941
Eng qimmat 10 futbolchi ma'lum qilindi, Ronaldu ular orasida yo‘q
Foto: AFP/Getty Images

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe futbol biznesini tahlil qiladigan KPMG Football Benchmark interfaol platformasining versiyasi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat futbolchi deb topildi.

KPMG Opta tomonidan taqdim etiladigan so‘nggi sport statistikalari asosida 12ta ligadagi 5000dan ortiq o‘yinchining transfer narxini hisoblab chiqdi.

Reyting Argentina, Belgiya, Braziliya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya  va Turkiyaning yuqori divizionidagi futbolchilarni, shuningdek, Angliya Chempionshipini ham qamrab oladi.

Quyida reytingdagi top-10 futbolchi va transfer narxi 100 mln yevrodan oshgan yana 5ta o‘yinchi keltirilgan.

1. Kilian Mbappe («PSJ») – 225 mln yevro
2. Neymar («PSJ») – 185 mln yevro
3. Lionel Messi («Barselona») – 180 mln yevro
4. Eden Azar («Real») – 152 mln yevro
5. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 150 mln yevro
6. Muhammad Saloh («Liverpul») – 150 mln yevro
7. Harri Keyn («Tottenhem») – 140 mln yevro
8. Sadio Mane («Liverpul») – 130 mln yevro
9. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 130 mln yevro
10. Antuan Grizmann («Barselona») –125 mln yevro

Narxi 100 mln yevro va undan oshgan 5ta o‘yinchi: Jyeydon Sancho («Borussiya» D, 116 mln yevro), Pol Pogba («Manchester Yunayted», 115 mln yevro), Virjil van Deyk («Liverpul», 114 mln yevro), Frenki de Yong («Barselona», 106 mln yevro) va Markus Reshford («MYu», 100 mln yevro).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top