19:23 / 14.12.2019
7114
EPSILON: 14 dekabrdan «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km) yangi quvuridan gaz yetkazish boshlandi va «O‘zbekneftgaz» hamkorligida qazib chiqarish hajmi oshirilmoqda

14 dekabrdagi GRP amaliyotidan so‘ng Xo‘ja-Xayram va G‘arbiy Toyloq konlaridagi uchta quduqning kunlik debiti 140 ming kub.m gacha oshdi.

Xoji-Xayram-5 qudug‘ining debiti 0 dan 50 ming kub.m gacha oshdi.

G‘arbiy Toyloq-11 qudug‘ining debiti 0 dan 50 ming kub.m gacha oshdi.

G‘arbiy Toyloq-12 qudug‘ining debiti 0 dan 40 ming kub.m gacha oshdi.

Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan pnevmatik sinovlardan so‘ng, 14 dekabr kuni «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km) yo‘nalishidagi gaz uzatish quvuri ishga tushirildi. 

Ikkita uzatish quvuri qurilishi davom etmoqda:
- «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
- «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).
Qurilish ishlari kecha-yu kunduz mezonida olib borilmoqda.

14 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • -  Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 37,9 ming tn;
  • -  Keltirilgan quvurlar – 24,9 ming tn;
  • -  Kavlangan zovurlar – 71,4 km;
  • -  Qatorga payvandlangan quvurlar – 100,8 km;
  • -  Yotqizilgan quvurlar – 65,3 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top