22:09 / 14.12.2019
0
10118

La Liga. «Barselona» «El-Klasiko» oldidan ochko yo‘qotdi, «Levante»da g‘alaba

Ispaniya La Ligasi 17-turi doirasida «Barselona» safarda «Real Sosedad» mehmoni bo‘lib, ochko yo‘qotdi.

O‘yindagi hisobni 12-daqiqada penaltidan Oyarsabal ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Grizmann sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi, 1:1.

Tanaffusdan so‘ng Suares 49-daqiqada jamoasini hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa-da, 62-daqiqada mezbonlar Isakning goli evaziga muvozanatni tiklashdi – 2:2.

O‘yin yakunigacha boshqa hisob o‘zgarmadi va «Barselona» «El-Klasiko» oldidan muhim ochkolarni yo‘qotdi. San-Sebastiandagi durangdan keyin Kataloniya klubi 35 ochko bilan kamida ertagacha 1-o‘rinda qoladi. «Real Sosedad»ning ochkolari esa 28taga yetib, hozircha 4-pog‘onada qoldi.

Turnir jadvalida 34 ochko bilan 2-o‘rinda borib, «Barsa»ni ta'qib etayotgan «Real» ertaga, 15 dekabr kuni «Valensiya» mehmoni bo‘ladi.

 La Liga. 17-tur. 14 dekabr

Real Sosedad – Barselona 2:2

Gollar: 1:0 – 12, penalti Oyarsabal, 1:1 – 38 Grizmann, 1:2 – 49 Suares, 2:2 – 62 Isak.

Real Sosedad – Remiro, Lorente, Saldua, Monreal, Gevara, Merino, Edegor, Oyarsabal, Subeldiya, Portu (Yanuzay, 59), Isak (Villian Joze, 66).

Barselona – ter Stegen, Langle, Serdji Roberto, Alba (Semedu, 74), Pike, Buskets (Alenya, 73), de Yong, Rakitich (Vidal, 79), Messi, Suares, Grizmann.

Ogohlantirish: Suares (74).

 

Granada – Levante 1:2

Gollar: 0:1 – 55 Rochina, 1:1 – 60 Machis, 1:2 – 89 Bardi.

Granada – Ruy Silva, Martines, Duarte, Neva, Dias, Puertas (Machis, 53), Errera, Gonalon (Eteki, 75), Vadilo, Soldado (Ramos, 71), Fernandes.

Levante – Fernandes, Tono, Kabako, Postigo, Miramon (Koke, 71), Kampanya, Rochina (Leon, 88), Radoya, Bardi, Roxer Marti, Morales (Vukchevich, 78).

Ogohlantirishlar: Postigo (2), Gonalon (11), Neva (52), Bardi (59), Fernandes (90), Eteki (90), Kabako (90).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top