11:30 / 14.12.2019
0
13619

«Qamchiq» dovonida qor yog‘moqda, FVV haydovchilarga tavsiyalar bilan chiqdi

Foto: FVV matbuot xizmati

Gidrometeorologiya xizmati Markazining bergan ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 14 dekabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida kuchli qor yog‘ishi, yo‘lning muzlashi, tuman tushishi, ko‘rish masofasi 50 metrgacha yomonlashishi, shuningdek, shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

FVV yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e'tibor qaratishni so‘ragan:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi - (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38.

Ma'lumot uchun: “Qamchiq” dovonida ayni vaqtda qor yog‘moqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top