12:15 / 14.12.2019
0
8348

Qaynotasiga tan jarohati yetkazgan kuyovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi fuqaro K.X. qaynotasi B.I.ga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Postda.uz yozmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, kuyov o‘z turmush o‘rtog‘ini urgan. Bundan xabar topgan qaynota esa qizi va kuyovi yashayotgan uyga boradi. Dahanaki janjal kuyovning qaynotasini tepishi bilan yakunlangan.

Tibbiy ekspertiza jabrlanuvchiga sog‘liqning buzilishiga olib kelgan o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilganligini ko‘rsatdi.

Holat bo‘yicha belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top