07:46 / 14.12.2019
0
4187

Rossiya IIV vakillari Samarqandda innovatsion «Situatsion markaz» bilan tanishishdi

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari general-mayor Vladimir Markov boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyati IIB faoliyati bilan tanishdi.

IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mehmonlar tashrifi davomida bugungi kunda O‘zbekistonda, xususan Samarqand viloyatida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar borasida tajriba almashuvi jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda, «Xavfsiz shahar» hamda «Xavfsiz turizm» konsepsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyati IIBda barpo etilgan zamonaviy IT texnologiyalari talablariga javob beradigan innovatsion «Situatsion markaz»ning imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirilib, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida kelishuvlar amalga oshirildi. 

  

Delegatsiyaning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida IIVda Davlatlararo muvofiqlashtirish guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar yuzasidan bayonnoma ham imzolandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top