16:50 / 15.12.2019
0
11143

Tramp Afg‘onistondan to‘rt ming nafar harbiyni olib chiqib ketmoqchi – OAV

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida Afg‘onistondan to‘rt ming nafar amerikalik harbiy olib chiqib ketilishini e'lon qilishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib NBC News telekanali xabar berdi.

Ayni paytda Afg‘onistonda AQShning 12-13 mingga yaqin askari joylashtirilgan. Harbiylarni olib chiqib ketish qachondan boshlanishi aniq emas, ammo bu jarayon ikki oyga yaqin vaqtni oladi, degan manba.

Avvalroq AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad AQSh "Tolibon" harakati bilan tinchlik muzokaralarini vaqtincha to‘xtatib turishini ma'lum qilgandi.

NBC telekanalining eslatishicha, Tramp avvalroq o‘z maslahatchilariga 2020 yil noyabrga qadar Afg‘onistondagi barcha amerikalik harbiylarni olib chiqib ketish niyatida ekanligini aytgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top