10:45 / 16.12.2019
0
11947

Energetika vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Azamat Akmalovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotishni hisobga olish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ilhom Anvarovich Nig‘matullayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

I. Nig‘matullayev bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Abdumalik Abdusalimovich Nazirov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top