19:46 / 16.12.2019
0
5605
«Formula-1» sobiq rahbari qizining uyidan 67 mln dollarlik zeb-ziynatlar o‘g‘irlandi
Berni Ekklstoun

«Formula-1» avtopoygasining sobiq rahbari Berni Ekklstounning qizi Tamara Ekklstoun uyi o‘g‘rilar tomonidan tunab ketildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

“O‘g‘rilar Tamara turmush o‘rtog‘i va qizi bilan Laplandiyaga ta'tilga jo‘nab ketganidan bir necha soat keyin uning uyidan 50 mln funt sterlinglik zeb-ziynatlarni olib chiqib ketishgan”, deyilgan xabarda.  

Ma'lum qilinishicha, voqea 13 dekabrda kechki vaqt Tamaraning Londonning g‘arbida joylashgan 700 mln funt sterlinglik uyida sodir bo‘lgan. 57 xonadan iborat uy uzzukun qo‘riqlanganiga qaramay, uch o‘g‘ri uyga bog‘ orqali kirib, uni 50 daqiqa ichida tunab ketishga ulgurgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top